Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qamchiq dovonida qalin qor yog‘adi, yo‘l muzlaydi va tuman tushadi

Qamchiq dovonida qalin qor yog‘adi, yo‘l muzlaydi va tuman tushadi

Foto: FVV

Kelasi besh kunlikda Qamchiq dovonida ob-havo keskin sovib ketadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berib o‘tdi.

«2019 yil 21-25 noyabrda A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni hududida qor yog‘ishi kutilmoqda. Qor vaqti-vaqti bilan kuchayishi aytilmoqda.

Tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50 m gacha pasayadi. Shamol sekundiga 17-22 m tezlikda esadi. 21-23 noyabrda harorat 3-5 daraja sovuqqacha, 24-25 noyabrda 8-13 daraja sovuqqacha pasayadi. Yo‘lda qor uyumlari, yaxvonlik hosil bo‘ladi», — deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring