«Qancha Spark kerak?»: UzAuto Motors Angrendagi holatga izoh berdi
Bugun internet tarmog‘ida «Qancha Spark kerak?» sarlavhasi ostida Angren shahridagi Yuk ortish va tushirish terminalida suratga olingan Chevrolet Spark rasmlari keng tarqaldi.
Kompaniya berilgan postdagi noaniqlik tufayli, joriy yilning 20-avgust kuni 2022-yilda UzAuto Motors Chevrolet Spark avtomobillarini ishlab chiqarishni to‘xtatishga majburligi haqida e’lon qilganligini rasman ma’lum qiladi.
Bu qaror joriy yilning avgust oyidan boshlab, AQShning General Motors kompaniyasi tomonidan ushbu avtomobillarni va ular uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishni to‘xtatish haqidagi global qarori bilan bog‘liq.
UzAuto Motorsning ushbu avtomobil modeliga bo‘lgan talabning yuqori ekanligi bois kompaniya mavjud qolgan butlovchi qismlardan ishlab chiqarilgan Spark partiyasidan tashqari, eksportga yo‘naltirilgan avtomobillarni ichki bozorga yo‘naltirishga qaror qildi.
20-avgust kunidan boshlab avtomobillar uchun kontraktatsiya boshlandi. Birinchi kunning o‘zidayoq barcha mavjud avtomobillar uchun jami 12 600 ta shartoma tuzildi: 8 200 dona Spark va 4 400 dona Nexia avtomobili.
Ularni barcha dilerlik markazlariga yetkazib berish ishlari faol olib borilmoqda. Suratda allaqachon mijozlar tomonidan shartnoma tuzilgan va keyinchalik mijozga yetkazib berish uchun Angren shahriga yetkazilgan avtomobillar ko‘rsatilgan.
Tez orada Nexia avtomobillari ham Angren shahriga mijozlarga yetkazib berish uchun jo‘natiladi.
Angren shahridagi Yuk ortish va tushirish terminali UzAuto Motorsning tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, avtomobillarni Qamchiq dovonining g‘arbidagi dilerlik markazlariga tarqatilishidan oldin tranzit saqlash uchun mo‘ljallangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter