Rossiyada yengil mashina zavodlaridan 5 ta qoldi, ularda ham ishlar «besh» emas

G‘arb davlatlari sanksiyalar kiritganidan so‘ng va logistikadagi har xil muammolar sababli Rossiyada yengil mashinalarni chiqaruvchi zavodlardan faqat 5 tasi ishlab turibdi, deb xabar berdi «Avtostat».
Bular:
- Haval (Tula)
- UAZ
- AvtoVAZ
- Mazda-Sollers QK (Vladivostok)
- Avtotor (Kaliningraddagi ushbu zavodda Hyundai va Kia yig‘ilmoqda, BMW chiqarilishi to‘xtagan).
Stellantis konserni Kalugadagi zavodi to‘xtatilishini rasman e’lon qilgan. Bu yerda Peugeot 408 va Citroen C4 sedanlari, Peugeot Expert/Traveller, Citroen Jumpy/SpaceTourer va Opel Vivaro/Zafira Life kabi furgon va mikroavtobuslar chiqarilardi. Qolaversa, Peugeot Partner, Citroen Berlingo va Opel Combo ham shu zavod ulovlari.
General Motors avtokonserni Rossiyadan butunlay ketishini e’lon qildi.
Xitoyning Lifan kompaniyasi esa 15-aprelda so‘nggi avtomobilini sotib tugatib, Rossiyani tark etdi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, hozircha ishlab turgan Avtotor va Mazda-Sollers zavodlarida yaqin orada butlovchi qismlar tugab qolishi mumkin. AvtoVAZ 24-aprelga qadar ta’tilda. Mayning birinchi sanasidan UAZ ham korporativ ta’tilga chiqishni rejalashtirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter