Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda Xitoyning elektromobil zavodi quriladi (video)

Sirdaryoda Xitoyning elektromobil zavodi quriladi (video)

Sirdaryoda elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda kuni kecha Sirdaryoda o‘tkazilgan yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

«Nimaga Sirdaryoda, Toshkentga yaqin joyda avtomobil ishlab chiqarilmaydi? Xitoyning yaxshi zavodi poydevorini qo‘yaylik. Qancha ko‘p mashina zavodi bo‘lsa, avvalambor narx pasayadi, sifat o‘zgaradi. Shuni qilsak bo‘ladimi? Bo‘ladi, albatta», dedi prezident.

Eslatib o‘tamiz, davlatimiz rahbari Sirdaryoni «ilg‘or innovatsiyalar hududi»ga aylantirishda Xitoy tajribasi qo‘l kelishini ta’kidlagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring