Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tonirovka» bo‘yicha eslatma berildi

«Tonirovka» bo‘yicha eslatma berildi

Shu yilning 1 oktyabridan avtomobil oynalari tusini qoraytirish uchun ruxsatnomani faqat Yagona portal orqali rasmiylashtirish boshlangani haqida xabar qilingandi.

Qayd etilishicha, ayni kunlarda xizmat ko‘rsatishga umuman aloqasi bo‘lmagan shaxslar tomonidan ham «tonirovka» ruxsatnomasini pul evaziga (20 mingdan 200 minggacha) rasmiylashtirib berish holatlari ko‘paymoqda ekan.

Shu sabab «Avtotransport oynalari tusini o‘zgartirish» xizmati faqat YaIDXP orqali ko‘rsatilishi eslatilib, belgilagan yig‘imdan tashqari qo‘shimcha pul undirilmasligi alohida ta’kidlanadi.

Shuningdek, yurtdoshlarimizga «tonirovka» ruxsatnomasini rasmiylashtirishda quyidagi videoqo‘llanmadan foydalanishlari tavsiya qilingan.

Eslatilishicha, xizmatdan foydalanishda Elektron raqamli imzo (ERI) talab qilinmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring