Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Toshkent-Termiz» va «Dushanbe-Termiz» yo‘li rekonstruksiya qilinadi

«Toshkent-Termiz» va «Dushanbe-Termiz» yo‘li rekonstruksiya qilinadi

Foto: «Xabar.uz»

Surxondaryo viloyatida kelgusi besh yilda 6 ming kilometr avtomobil yo‘llari va ko‘chalar, 300 ta ko‘prikni qurish-ta’mirlash ishlari bajariladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida ma’lum qildi.

Amaldagi davlat rahbarining ta’kidlashicha, bu ishlar uchun 2 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Bundan tashqari, «Darband-Denov», «Toshkent-Termiz» va «Dushanbe-Termiz» yo‘nalishi bo‘yicha 180 kilometr avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilishga xalqaro moliyaviy institutlarining mablag‘laridan 380 million dollarlik loyihalar amalga oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring