Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida «to‘rt tomonida ko‘zi bor» radar ishga tushirildi

Toshkent viloyatida «to‘rt tomonida ko‘zi bor» radar ishga tushirildi

Respublika hududida YTHlarni oldini olish, qoidabuzarliklarga chek qo‘yish va harakatlanish xavfsizligini ta’minlash maqsadida YPX xodimlariga biriktirilgan xizmat avtomobillariga o‘rnatilgan 360°da qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus qurilma Toshkent viloyati avtomobil yo‘llarida ishga tushirildi. Bu haqda IIV JXD YHXX Axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, qurilma to‘xtab turganda va harakat davomida bir qancha qoidabuzarliklarni aniqlaydi:

  • o‘zi bilan bir yo‘nalishda va qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport vositalari haydovchilari tomonidan to‘xtash va to‘xtab turish;
  • harakatlanish tezligini me’yoridan oshirish;
  • svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga amal qilmaslik (to‘xtash chizig‘ini bosish);
  • yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi;
  • yo‘lning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qo‘yilgan talablarga rioya etmaslik;
  • yo‘nalishli transportlar harakati uchun mo‘ljallangan tasmalarga o‘tib harakatlanish yoki to‘xtash tartibi va ushbu tasmada belgilangan talablarni buzish;
  • davlat raqam belgisi orqali avtomobil qidiruvda yoki yo‘qligini aniqlaydi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring