Toshkent viloyatida ayrim korxonalar oqova suvlarni tozalamay, ochiq joyga tashlagani aniqlandi
Olingan namunalar laboratoriya tahlilidan o‘tkazilganda oqova suvlar tarkibidagi muallaq moddalar miqdori belgilangan me’yordan bir necha barobar yuqori ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Toshkent shahri va viloyati o‘rtasida uchta yangi avtobus yo‘nalishi ochiladi
Yangi yo‘nalishlarda foydalanish uchun Xitoydan 54 ta yangi avtobus xarid qilindi.
Dam olish kunlari quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi
Havo harorati asosan kechalari 10–15 daraja, kunduz kunlari 22–27 daraja, shimoliy hududlarda 17–18-oktyabrda kechalari 5–10 daraja, kunduz kunlari 18–23 daraja bo‘ladi.
Toshkent viloyatida transmilliy jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
Tezkor tadbirlarda jami 15 kg narkotik modda topildi.
Toshkentning yana bir ko‘chasida «Yashil to‘lqin» tizimi ishga tushirildi
Yo‘l harakatini tashkil etish markazi mutaxassislari Qo‘yliq ko‘prigidan keyingi qism – «Qo‘yliq ota» maqbarasidan «O‘zbekiston qog‘ozi» bekatigacha bo‘lgan 6 kilometrlik yo‘ldagi 13 ta svetoforni o‘zaro muvofiqlashtirdi.
Ohangarondagi bog‘chada 3 yoshli bola hasharotlarga qarshi vositani ichib qo‘yishi oqibatida vafot etdi
Bolaning buvisi mazkur bog‘cha oshxonasida autsorsing tashkiloti xodimi sifatida oshpaz bo‘lib ishlagan.
O‘zbekistonda 3,6 magnitudali zilzila qayd etildi
Zilzila epitsentri Toshkent viloyatining Piskent tumanida joylashgan.
Rossiyadan giyohvandlik moddasini qabul qilib olgan 17 yoshli bola ushlandi
Uning yashash xonadonida ham narkotik tarqatishga mo‘ljallangan vositalar topildi.
Fuqarolarning nomiga kredit rasmiylashtirib, 17 mlrd so‘m o‘zlashtirgan jinoiy guruh fosh etildi
Jinoiy guruh a’zolari internetda «foizsiz kredit olib beramiz» mazmunidagi e’lonlarni joylashtirib, qiziqish bildirgan fuqarolarni oldindan ijaraga olingan hashamatli ofislarga taklif qilgan.
Belgrad — Toshkent to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovi ochilishi mumkin
Bu haqda Belgradda o‘tkazilgan O‘zbekiston — Serbiya biznes forumida aytib o‘tilgan.

