Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yo‘lga qarab haydasang bo‘lmaydimi» — Haydovchilar janjali jinoyat bilan yakunlandi

«Yo‘lga qarab haydasang bo‘lmaydimi» — Haydovchilar janjali jinoyat bilan yakunlandi

Samarqand viloyatida zo‘ravon haydovchiga jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar berib o‘tdi.

Oqdaryo tumani, «Oytamg‘ali» MFYda yashovchi, 1996 y.t. O‘.S. o‘ziga tegishli bo‘lgan «Damas» rusumli avtomashinasida Loyish shaharchasi yo‘nalishida harakatlanib borayotgan vaqtida u bilan bir yo‘nalishda orqada harakatlanib kelayotgan «Kobalt» rusumli avtomashina haydovchisi unga qo‘li bilan to‘xtash ishorasini qiladi, O‘.S. avtomashinasini to‘xtatganda, «Kobalt» rusumli avtomashina haydovchisi Oqdaryo tumani «Yangiobod» MFYda yashovchi, 1972 y.t. N.J. unga «yo‘lga qarab haydasang bo‘lmaydimi, yo‘l belgisini bilmaysanmi» deb baqirib nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilib, yuz qismiga qo‘li bilan mushtlab, yuz sohasiga boshi bilan urib tan jarohati yetkazgan.

Tibbiy xulosaga ko‘ra, fuqaro O‘.S.ning tanasida, ya’ni burun sohasida qontalash, burun suyagining sinishi kabi jarohatlar aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hurmatli haydovchilar, yo‘llarda harakatlanganda intizomga qat’iy amal qilaylik, zero «yo‘l intizomni yoqtiradi».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring