YPX xodimi qarama-qarshi yo‘lda harakatlangan avtoblogerga jarima yozmagani holati tekshirilmoqda

Joriy yilning 9 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Qarama-qarshi yurgan haydovchiga YPX xodimi jarima tuzmadi» sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.
Videoda YPX xodimi F.S. haydovchi O.M. boshqaruvidagi avtomobilni to‘xtatgani va unga qoidabuzarlik sodir etganligini aytib, lekin, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmasdan yo‘lida davom etishiga ruxsat berganligi holati aks etgan.
IIV YHXB axborot xizmati mazkur holat bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.
«Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Tekshiruv davomida holatga oydinlik kiritilib, xulosasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi», — deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter