JCh-2022. Marokash bir bosh baland sakrashda davom etmoqda!
Bu yilgi jahon chempionati o‘z intrigasi va sensatsiyalari bilan yodda qolmoqda.
Marokash chorakfinalda Portugaliyani turnirdan chiqarib yubordi va Afrika jamoalari tarixida ilk marta yarimfinaliga yo‘llanma oldi.
Birinchi bo‘limning oxirlarida «samoda uchgan» An-Nosiri boshi bilan zarba yo‘llab, gol urdi.
Ikkinchi bo‘limda Portugaliyaga Krishtianu Ronalduning maydonga tushishi ham yordam bermadi. Portugaliyalik superyulduz ehtimol o‘zining so‘nggi mundialida maydonni ko‘z yoshlari bilan tark etdi.
JCh-2022. Chorakfinal. 10 dekabr
Marokash – Portugaliya – 1:0
Gol: 1:0 – 42 An-Nosiri.
Marokash – Bunu, Hakimi, Saiss (Dari, 57), Al-Yamik, Attiyyat-alla, Amrabat, Amalla (Sheddira, 65), Unai, Ziyosh (Abuhilol, 82), Bufal (Jabran, 82), An-Nosiri (Banun, 65).
Portugaliya – Diogu Koshta, Diogu Dalot (Rikardu Orta, 79), Pepe, Ruben Diash, Gerreyru (Joau Kanselu, 51), Otavio (Vitinya, 69), Bernardu Silva, Ruben Nevesh (Ronaldu, 51), Brunu Fernandesh, Joau Feliks, Gonsalu Ramush (Rafael Leau, 69).
Ogohlantirishlar: Dari (70), Vitinya (87).
Endi Marokash final yo‘llanmasi uchun Angliya – Fransiya o‘yini g‘olibi bilan bahs olib boradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter