Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Portugaliya nimchorak finalda Ispaniya bilan to‘qnash keladi

Portugaliya nimchorak finalda Ispaniya bilan to‘qnash keladi

Foto: Chempionat

Portugaliya Jahon chempionati 1/8 finalida Ispaniyaga qarshi o‘ynaydi. 

Portugaliya JCh 1/16 bosqichida Xorvatiyaga qarshi maydonga tushdi. Portugallar birinchi bo‘limda ustunlik qildi, ammo Xorvatiya ikkinchi bo‘limda biroz ustunlikka erishdi. 

Dastlab xorvatlar hisobni ochdi, so‘ngra Krishtianu Ronaldu Jahon chempionati pley-off bosqichidagi birinchi golini urganidan so‘ng, 94-daqiqada Gonsalo Ramos Portugaliyaga g‘alaba keltirdi. Shuningdek, Xorvatiyaning bir goli inobatga olinmadi. 

Natijada Portugaliya Xorvatiyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, 1/8 finalga yo‘l oldi va u yerda Ispaniyaga qarshi o‘ynaydi. O‘yin 6 iyul, dushanba kuni bo‘lib o‘tadi. 

Ispaniya esa 1/16 finalda Avstriyani 3:0 hisobida mag‘lub etdi. 

Mikel Oyarsabal 36-daqiqada, undan keyin Pedro Porro 66-daqiqada gol urdi. Oyarsabal 89-daqiqada uchinchi golni urdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring