20 yoshli qizga zo‘ravonlik qilgan ayol ishi tekshirilmoqda

Andijonda 20 yoshli qizga zo‘ravonlik qilgan ayol tasvirlari tarqaldi. Viloyat IIB ushbu holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Tarmoqlarda Andijon viloyatida ayol kishi, boshqa bir ayolga nisbatan zo‘ravonlik ishlatayotgani holati aks etgan videotasvirlar tarqalib, jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.
Holat o‘rganilganda, aniqlanishicha 2024-yilning 15 dekabr kuni Andijon shahri, Hunarmand mahallasida joylashgan kiyim savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘kon egasi, 1992-y.t. fuqaro A.P. qo‘l ostida sotuvchi bo‘lib ishlovchi 2005-y.t. fuqaro S.S. ni o‘zaro qarz oldi berdi masalasi ortidan unga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik kabi xatti-harakatlarni sodir etgan.
Jabrlanuvchi, unga nisbatan bo‘lgan tazyiq va zo‘ravonlik holati yuzasidan ilgari Ichki ishlar organlariga yoki yaqinlariga xabar bermagan.
Hozirda voqea ishtirokchilarining barchasini shaxsiga aniqlik kiritilgan bo‘lib, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter