Poytaxt bozorlaridan birida qariyb 200 kilo yaroqsiz go‘sht savdosiga chek qo‘yildi
«SES»ning Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo‘limi mutaxassislari va ishchi guruh tomonidan tumandagi «Qo‘yliq» dehqon bozorida olib borilgan sanitariya nazorati tadbirida yaroqsiz go‘sht mahsulotlari savdosining oldi olindi.
Bozorning veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi (VSEL) xodimlari bilan olib borilgan tadbir natijasida sifati buzilgan 188 kilogramm go‘sht va go‘sht mahsulotlari savdodan olib tashlandi. Iste’molga yaroqsiz deb topilgan mahsulotlar savdosi bekor qilinib, o‘rnatilgan tartibda bartaraf etildi.
Go‘sht mahsulotlari Toshkent shahar IIBning kinologiya bo‘limiga topshirildi.
Shuningdek, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan bozor ma’muriyati, javobgar shaxslar va fuqarolarga ovqatdan zaharlanish va uni oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilgan. Profilaktik suhbat o‘tkazilib, VSEL xodimlari tomonidan fuqaroga nisbatan tegishli chora ko‘rildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter