Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerika uchun 51 ming dollar: Toshkentda ikki shaxs qo‘lga olindi

Amerika uchun 51 ming dollar: Toshkentda ikki shaxs qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan DXX va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqarolar B.Ya. va Sh.Ya. fuqaro O.O.ga tanishlari yordamida xorijga chiqish viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishi hamda uni Turkiya davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborish evaziga 51 ming AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring