Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda besh egizak dunyoga keldi

Andijonda besh egizak dunyoga keldi

Foto: SSV matbuot xizmati

Andijon shahar 2-son tug‘uruq majmuasida 5 nafar egizak dunyoga keldi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi. 

Andijon shahridagi «Qayrag‘ochtosh» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Nargiza Bekjonova shu yilning 6 iyul kuni ko‘p homilalik tashxisi bilan mazkur muassasaga qabul qilindi.

Unda bir necha soat avval muddatidan ilgari tug‘uruq tashxisi bilan kesarcha kesish amaliyoti bajarildi.

Tug‘uruq jarayoni malakali akusher-ginekolog, neonatolog va reanimatologlar tomonidan muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

- Birinchi chaqaloq: qiz, vazni 1450 gr,

- ikkinchi chaqaloq: o‘g‘il, vazni 1605 gr,

- uchinchi chaqaloq: qiz, vazni 1495 gr,

- to‘rtinchi chaqaloq: o‘g‘il, vazni 1585 gr,

- beshinchi chaqaloq: qiz, vazni 1205 gr.

​Ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida ona va chaqaloqlar hozirgina Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filialiga o‘tkazildi.

​Ayni paytda 5 nafar egizak va ularning onasi malakali tibbiyot xodimlari nazoratida o‘zlarini yaxshi his etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring