Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda sobiq hokim yordamchisining jasadi topildi

Andijonda sobiq hokim yordamchisining jasadi topildi

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Marhamat tumanida 38 yoshli hokim yordamchisi yashash uyidagi molxona boloriga osilgan holda topilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Prokuratura xabariga ko‘ra, F.M. joriy yilning 11 yanvaridan 1 apreliga qadar hokim yordamchisi lavozimida ishlagan. Noxush hodisa esa 16 aprel kuni sodir bo‘lgan. Shu kuni Marhamat tumani «Polvontosh» MFYning tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha sobiq hokim yordamchisi o‘zining yashash xonadonidagi molxona to‘siniga arqondan sirtmoq yasab, o‘z joniga qasb qilgan.

Ushbu holat yuzasidan davom etayotgan tergovga qadar tekshiruv davomida F.M.ga nisbatan biron shaxs tomonidan muttasil ravishda tazyiq o‘tkazish, haqorat qilish va boshqa noqonuniy harakatlar sodir etilmaganligi ma’lum bo‘lgan.

Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasida F.M.ning o‘limiga bo‘yin sohasi a’zolarini sirtmoq bilan qisilishi natijasida kelib chiqqan mexanik asfiksiya sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan.

Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring