Anvar qori Tursunov og‘ir xastalikdan so‘ng vafot etdi
![Anvar qori Tursunov og‘ir xastalikdan so‘ng vafot etdi](http://static.xabar.uz/crop/1/1/720_460_95_1112948580.jpg)
Toshkent shahar bosh imom xatibi Anvar qori Tursunov og‘ir xastalikdan so‘ng vafot etdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati bu xabarni tasdiqladi.
Anvar qori Tursunov Qo‘chqorovich 1958-yil 21-noyabrda Toshkent shahri Hamza tumanida xizmatchi oilasida tug‘ilgan.
1966-1976-yillarda Hamza tumanidagi 198-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olgan.
1981-yil Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetini, 2001-yil Toshkent islom institutini tamomlagan.
Anvar qori Tursunov mehnat faoliyatlarini 1981-1984 yillarda – «Yoshlik» jurnalida muharrir vazifasidan boshlagan.
1984-1987-yillarda – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasida, 1987-1989-yillarda esa Toshkent shahar, Abdulla Qahhor uy muzeyi ilmiy xodim bo‘lib faoliyat yuritgan.
1989-1994-yillarda — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi tarjima va adabiy aloqalar markazi Sharq adabiyoti bo‘yicha katta muharrir.
1994-1999-yillarda – Toshkent shahar, Yashnobod tumani, «Yangiobod» jome masjidi imom-xatibi bo‘lgan.
1999– yildan Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasida faoliyat yuritgan.
Anvar qori Tursunov ommaviy axborot vositalari orqali doimiy chiqishlari, diniy mavzudagi ma’ruzalari bilan xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan ulamo edi.
Shuningdek, Anvar qori Tursunov 1989-1992-yillarda Qur’oni karimning birinchi tarjimasiga (Shayx Alouddin Mansur tarjimasi) muharrirlik qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter