AOKA xodimi Javohir Qudratov 38 yoshida vafot etdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xodimi Javohir Qudratov 38 yoshida vafot etdi.
Javohir Qudratov axborot xavfsizligiga oid maqolalari bilan tanilgan jurnalist edi.
U bir necha yillar davomida AKT vazirligi tizimidagi korxonalarda faoliyat yuritgan, ma’lum muddat vazirlikning matbuot xizmatida ishlagan.
«Xabar.uz» jamoasi marhumning yaqinlariga ta’ziya bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter