Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Asakabank»ning bir qator xodimlari qidiruvga berildi

«Asakabank»ning bir qator xodimlari qidiruvga berildi

«Asakabank»ning bir necha xodimlariga qidiruv e’lon qilindi.

Aytilishicha, «Asakabank» AJ Buxoro viloyati filiali boshqaruvchisi Murodov (sobiq), kreditlash bo‘limi boshlig‘i Yadgarov, «Asakabank» AJning bosh ofisi Ichki audit xizmati boshlig‘i Idiyevlar Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan 2 million AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kreditni qo‘lga kiritish maqsadida «Grand Buxara Agro» MChJ rahbari Baxronov, «Kafil sug’urta» MChJning Buxoro filiali mudiri Abdurahmonovlar bilan o‘zaro jinoiy til biriktiradi.

Natijada xorijiy valyuta asl narxidan ikki baravar qimmatga kelishilgan issiqxona majmuasini sotib olishga yo‘naltiriladi. Kredit qaytarilishini ta’minotsiz qoldirib, davlat va bank manfaatlariga 503 ming AQSh dollari miqdorida zarar yetkazilgan.

Hozirda bank sobiq boshqaruvchisi Murodov va bosh ofis Ichki audit xizmati boshlig‘i Idiyevlarga qidiruv e’lon qilingan. Jinoiy guruhning qolgan a’zolari sud oldida javob bermoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring