Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir «Damas»ga 28 nafar bolani joylagan haydovchi to‘xtatildi (video)

Bir «Damas»ga 28 nafar bolani joylagan haydovchi to‘xtatildi (video)

Farg‘ona viloyatida Damas avtomashinasida 28 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchilarini tashigan haydovchi jarimaga tortildi. Yo‘lovchilarning oldingi o‘rindig‘ining o‘zida 5 nafar bola bo‘lgan, deb xabar berdi MY5 kanali.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi tomonidan to‘xtatilgan Damas haydovchisi bolalarni uyiga olib ketayotganini aytgan.

Fuqaroda haydovchilik guvohnomasi va boshqa zarur hujjatlar bo‘lmagan. Avtomobil hozirda jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring