Bir nechta yoshlarning xonadonga bostirib kirishi videosi o‘rganilmoqda – IIV
Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta yoshlar boshqa fuqaroning uyiga bostirib kirib, unga tan jarohati yetkazganliklari aks etgan videolavha tarqaldi.
IIV matbuot kotibining ma’lum qilishicha, holat ichki ishlar organlari tomonidan o‘rganilmoqda.
«Ilgari ichki ishlar organlariga bu kabi holat yuzasidan shikoyat, ariza yoki xabar kelib tushmaganligini ma’lum qilamiz.
Vaziyat tekshirilib, ishtirokchilarning harakatlari huquqiy baholanganidan so‘ng qo‘shimcha axborot beriladi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter