«Sinepar»dan bolalar vafot etgani bo‘yicha xabar tarqatgan resursga nisbatan jinoiy ish ochildi
25 yanvar kuni tarmoqda Buxoroda 23 nafar yosh bola «Sinepar» siropini ichish tufayli bolalar o‘limi kuzatilgani haqida xabar tarqalgandi.
SSV holat yuzasidan bayonot berib. xabarni asossiz deya atadi.
Ta’kidlanishicha, «Bukhara news» axborot resursi tomonidan ma’lumotlarning haqqoniyligi o‘rganilmasdan videomurojaat e’lon qilinganligi oqibatida aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar tarqatilganligi holati bo‘yicha viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 244 1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonunining 12¹- moddasida axborot resursining egasi, shu jumladan blogerlarga o‘z veb - saytiga va (yoki) veb - sayt sahifasiga yoxud boshqa axborot resursiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot joylashtirilguniga qadar uning to‘g‘riligini tekshirish majburiyati yuklatilgan.
Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlarini olib borish viloyat IIBga yuklatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter