Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘stonliqda harbiy xizmatchi mashinada odam urib yubordi

Bo‘stonliqda harbiy xizmatchi mashinada odam urib yubordi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida harbiy xizmatchi (oddiy askar) o‘ziga xizmat yuzasidan biriktirilgan «GAZ-3381» rusumli avtomashinada odam urib yubordi.

Voqelik shu yilning 23-iyun kuni qoq peshinda Toshkent-Chimyon avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Buning natijasida 34 yoshli B. J. voqea joyida vafot etgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, holat bo‘yicha Chirchiq harbiy prokuraturasi tomonidan harbiy xizmatchi N.I.ga (1993 yila tug‘ilgan) nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring