Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘stonliqda «Lasetti» yo‘lovchisi halok bo‘ldi

Bo‘stonliqda «Lasetti» yo‘lovchisi halok bo‘ldi

Foto: YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 28 iyun kuni Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tuman hududidan o‘tgan 4R-12 avtomobil yo‘lining 47-kilometrida, haydovchi «Lasetti» rusumli avtomobilni boshqarib borayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonidagi daraxtga borib urilgan.

Natijada, yo‘lovchi, 1991 yilda tug‘ilgan J.M. tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limida vafot etgan hamda ikki nafar yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring