Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bo‘zsuv» kanalida cho‘kayotgan mast fuqaro qutqarib qolindi

«Bo‘zsuv» kanalida cho‘kayotgan mast fuqaro qutqarib qolindi

10-iyul kuni Toshkent shahar FVB Tezkor boshqaruv markazi Navbatchi-dispetcherlik xizmati raqamiga Yunusobod tumanidan oqib o‘tuvchi «Bo‘zsuv» kanalida fuqaro cho‘kib ketayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi.

Zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvchilari yetib borgan.

Ma’lum bo‘lishicha fuqaro spirtli ichimlik is’temol qilib, cho‘milish maqsadida suvga tushgan va o‘z ehtiyotsizligi natijasida xavfsizligini ta’minlay olmay cho‘kayotgan bo‘lgan.

FVV qutqaruvchilari fuqaroni kanaldan olib chiqib, hayotini saqlab qoldi. Shundan so‘ng psixologik yordam ko‘rsatilib, tushuntirish ishlari olib borildi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring