Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin

Bugun ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin

Foto: «Xabar.uz»

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublika bo‘yicha shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati 30-35 darajani, shimolda 23-28 darajani tashkil etadi.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 32-34 daraja bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23-28 daraja bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring