Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun kuchli shamol kuzatilishi mumkin

Bugun kuchli shamol kuzatilishi mumkin

Foto: «Xabar.uz»

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston hududiga Erondan iliq va nam havo kirib kelishi kutilmoqda.

Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, momaqaldiroq paytida shamolning kuchayishi 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Havo harorati 14-19° iliq atrofida bo‘ladi.

Poytaxtimizda yomg‘ir yog‘adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-17° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 5-10° iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring