Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun va ertaga: magnit bo‘roni kutilmoqda

Bugun va ertaga: magnit bo‘roni kutilmoqda

Foto: «Vesti»

Quyoshdan otilgan plazma to‘lqini Yergacha yetib kelib, bugun va ertaga magnit bo‘roniga sababchi bo‘lishi kutilyapti. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

30-yanvar kuni Quyoshda besh soat davom etgan portlash sodir bo‘lgandi.

Mutaxassislarga ko‘ra, plazma buluti bugun Yerga yetib kelishi ehtimoli 40 foizga teng.

Magnit bo‘roni darajasi G1 ga teng. Bu beshta darajadan eng kuchsizi. Bu kuchdagi magnit bo‘roni energiya tizimlarida kichik nosozliklarni keltirib chiqarishi, hayvonlar va qushlar migratsiya yo‘llariga ta’sir qilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring