Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

8 yoshli qizga burgut hujum qildi (video)

8 yoshli qizga burgut  hujum qildi (video)

Foto: «nlkg.kg»

Kecha, 15-iyul kuni Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyati Ton tumanida bo‘lib o‘tgan «Teskey jeek» etnofestivali vaqtida burgut 8 yoshli qizga hujum qildi. Bu haqda «nts.kg» xabar berdi.

Festival vaqtida qizcha ovchi qushlar namoyish etiladigan maydonchaga yugurib chiqqan. Yirtqich qush qizga tashlanib, uni panjasi bilan iskanjaga olgan. Videodan ko‘rish mumkinki, festival ishtirokchilari tezda qizchani burgut jangalidan qutqarib olgan. Ammo bungacha yirtqich qizga jarohat yetkazishga ulgurgan. Jabrlanuvchi shifoxonaga olib borilgan. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mutaxassislarning aytishicha, haliyam burgutning hujumi u hayvonlarga hujum qiladiganchalik kuchli bo‘lmagan.

Mazkur etnofestival dasturidan ko‘chmanchilarning urf-odatlari, o‘yinlari, hunarmandlar ko‘rgazmalari qatori ovchi qushlar bilan ko‘rgazmali chiqishlar ham o‘rin olgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring