Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro bug‘usini shafqatsiz usullarda ovlaganlar qamoqqa olindi

Buxoro bug‘usini shafqatsiz usullarda ovlaganlar qamoqqa olindi

Ona tabiatga nisbatan tajovuzkorona munosabatda bo‘lgan brakonerlar — Sh.A., R.B. va I.J.lar ushlandi.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, ular Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi «Qo‘yi Amudaryo» davlat biosfera rezervatining alohida muhofaza etiladigan hududida ikki bosh Buxoro bug‘usini temir simlar va troslardan yasalgan qopqon orqali o‘ta shafqatsiz usullarda ovlanib, nobud qilgan va tabiatga 198 mln. so‘m zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan Beruniy tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 202-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Sh.A., R.B. va I.J.larga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Xuddi shunday, brakonerlar F.Q. va Sh.Q.lar Konimex tumani cho‘l hududlarida Qizil kitobga kiritilgan ona-bola jayronni noqonuniy ravishda ovlab, nobud qilganliklari holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 202-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat tashkilotchisi F.Q.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ekologiya inspektoriga o‘q uzib jarohatlagan brokonerga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring