Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda avtobusda qizga uyatsiz harakat qilgan yigit qamaldi

Buxoroda avtobusda qizga uyatsiz harakat qilgan yigit qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda avtobus ichidagi noma’lum yigit qizga tegajog‘lik qilib, uyatsiz harakatlar qilgani aytilgan video tarqaldi. Buxoro viloyati IIB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Holat yuzasidan Buxoro shahar IIB mas’ul xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv harakatlari olib borilib, uning shaxsiga aniqlik kiritildi.

«Avtobusga minib, bilmasdan nojo‘ya harakat qildim. Kechirishingizni so‘rayman, boshqa takrorlanmaydi, deb va’da beraman», — deya aybiga iqror bo‘lgan yigit.

Yigit bilan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida xatti-harakatlarida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida (Mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari aniqlangan.

Sud qaroriga ko‘ra, yigitga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring