Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda IIB xodimlari qahramonlik ko‘rsatishdi (foto)

Buxoroda IIB xodimlari qahramonlik ko‘rsatishdi (foto)

Foto: Buxoro IIB

Joriy yilning 16-aprel kuni taxminan soat 17:00 larda Gulchorbog‘ mahallasidan oqib o‘tuvchi kanalga Matiz rusumli davlat raqami 80A508QA bo‘lgan avtomashina, haydovchining ehtiyotsizligi sabab tushib ketadi.

Foto: Buxoro IIB

Uning oqib ketayotganligini ko‘rgan Buxoro shahar 4-son IIB ma’muriy hududida xizmat olib borayotgan, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Patrul post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi, PPX bataloni 3-otryad haydovchi xodimi safdor Ahmadjon Sayidov hamda ushbu batalon 4-otryad xodimi safdor Nodirbek Abdullayev zudlik bilan o‘zini suvga tashlab, suvda oqayotgan haydovchining hayotini qutqarib qolib, avtomashinani suvdan chiqarish choralarini ko‘rishgan.

Foto: Buxoro IIB

Hayoti qutqarib qolingan haydovchining shaxsiga oydinlik kiritilganda aniqlanishicha, u 1983 yilda tug‘ilgan, Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi, ikkinchi guruh nogironi ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring