Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxorodagi ayanchli YTHda ikki kishi vafot etdi, 5 kishi og‘ir jarohat oldi

Buxorodagi ayanchli YTHda ikki kishi vafot etdi, 5 kishi og‘ir jarohat oldi

Foto: «Tergov.uz»

19-may kuni 31 yoshli M.J., boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomashinasida Buxoro viloyat Qorako‘l tumani hududida o‘ziga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 39 yoshli N.T., ning boshqaruvida bo‘lgan «Lacetti» rusumli avtomashina bilan to‘qnashgan.

Oqibatda, «Nexia» avtomashinasining yo‘lovchisi 19 yoshli Z.N., hodisa joyida, haydovchi M.J., esa tibbiyot birlashmasida vafot etganlar. Bundan tashqari, har ikki avtomashinadagi 6 nafar yo‘lovchilardan 5 nafari og‘ir tan jarohati, bir nafari esa yengil tan jarohati olgan, ularning barchasiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qorako‘l tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring