Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilonzorda 1 yoshli qizchaning vafoti yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Chilonzorda 1 yoshli qizchaning vafoti yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Chilonzor tumanida 1 yoshli qiz vafot etganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi 3-qismi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tekshirishda suv quvurlarini ta’mirlash ishlarini amalga oshirayotgan ishchilar xavfsizlik choralariga rioya qilmasdan, maxsus texnika yordamida qazish ishlarini olib borishlari oqibatida bir tup darahtning ildizi ochilganligi va o‘z vaznini ko‘tara olmay yiqilganligi aniqlangan. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar berdi Bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Chilonzor tumanining 5-mavzesida bolalar aravachasida olib ketilayotgan 2023 yilda tug‘ilgan qizaloq ustiga daraxt qulashi oqibatida halok bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring