Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chinozda poyezd odam urib yubordi

Chinozda poyezd odam urib yubordi

Foto: «DonDay»

Kecha, 14-yanvar kuni tonggi vaqt bilan soat 6:15 lar oralig‘ida Toshkent viloyatining «Paxta» temiryo‘l bekatida 1982-yilda tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz fuqaro D.N. ehtiyotsizlik qilib yo‘lni kesib o‘tayotgan vaqtda poyezd urib yubordi.

Mazkur fojea Chinoz tumanida yuz bergan. Poyezd Buxoro — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan edi.

Fuqaro voqea joyida vafot etgan. Hozirda mazkur ish yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring