Chiroqchida fermer xo‘jaligi yerini egallab, uy qurib olganlar aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chiroqchi tuman bo‘limi tomonidan tuman kadastr bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda «Mustaqillik» MFYdagi «B.J» fermer xo‘jaligiga «Paxta-g‘allachilik» va «Chorvachilik-bog‘dorchilik» yo‘nalishi uchun ijaraga berilgan yer maydonining 48 sotixini 4 nafar fuqaro o‘zboshimchalik bilan egallab olib, uy-joy qurayotganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 229-1-moddasi (yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter