Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chiroqchida fermer xo‘jaligi yerini egallab, uy qurib olganlar aniqlandi

Chiroqchida fermer xo‘jaligi yerini egallab, uy qurib olganlar aniqlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chiroqchi tuman bo‘limi tomonidan tuman kadastr bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda «Mustaqillik» MFYdagi «B.J» fermer xo‘jaligiga «Paxta-g‘allachilik» va «Chorvachilik-bog‘dorchilik» yo‘nalishi uchun ijaraga berilgan yer maydonining 48 sotixini 4 nafar fuqaro o‘zboshimchalik bilan egallab olib, uy-joy qurayotganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 229-1-moddasi (yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring