Yaponiyadagi zilzila qurbonlari 30 nafarga yetdi

Yaponiyaning Xokkaydo orolida sodir bo‘lgan 6,7 balli zilzila qurbonlari soni 30 nafarga yetdi.
Xokkaydo hukumatining xabar berishicha, to‘qqiz kishi bedarak yo‘qolgan.
Kuchli zilzila sabab orolning ko‘pgina hududlarida suv toshqinlari yuzaga kelgan. Qidiruv qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Uch kishidan boshqa barcha qurbonlar Atsuma shahrida ro‘yxatga olingan.
Aholisi 5,4 mln bo‘lgan Xokkaydo orolidagi elektr ta’minot qayta tiklangan. Shuningdek, mahalliy aeroport ham ishini boshlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter