Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Cobalt» ichidan pullarni o‘g‘irlagan ayol qo‘lga olindi

«Cobalt» ichidan pullarni o‘g‘irlagan ayol qo‘lga olindi

Foto: «Xabar.uz»

Surxondaryo viloyatining Angor tumanida 2022-yil 21-iyun kuni, tumanning «Karvon» mahallasida yashovchi, T.Karim (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qiladi.

Unda shu kuni soat 13:00 larda, noma’lum shaxs, tumanning «Tallashqon» mahallasi hududida eshiklari ochiq turgan «Cobalt» rusumli avtomashinasi ichidan 1.290.000 (bir million ikki yuz to‘qson ming) so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. 

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlik jinoyatini Termiz shahrida yashovchi, B.Sevinch sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 

Mazkur holat yuzasidan B.Sevinchga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring