10 yoshli bola o‘limiga sabab bo‘lgan ichki ishlar xodimiga hukm o‘qildi
Xodim avtomobilning tormozi ishlamay qolganini aytgan. Biroq ekspertiza tormoz va rul tizimlari to‘qnashuvgacha soz bo‘lganini, nosozlik esa zarba oqibatida yuzaga kelganini aniqlagan.
Toshkent va Surxondaryoda ichimlik idishlarini yig‘uvchi fandomatlar ishga tushirildi
Foydalanuvchilar topshirilgan har bir idish uchun pul olishi mumkin. Mablag‘ Click to‘lov tizimi orqali foydalanuvchining elektron hamyoniga o‘tkaziladi. Shuningdek, pul olish o‘rniga xayriya yo‘nalishini tanlash imkoni ham mavjud.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik bo‘limi boshlig‘i pora olayotganda ushlandi
U maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birining rahbariga MTMning 42 nafar xodimiga sanitariya sertifikatlarini berishini va’da qilgan.
Savdo-sanoat palatasi mansabdori porani qaytarib berayotganda ushlandi
U fuqaroga dehqon xo‘jaligi tashkil etishi uchun auksion orqali 2 gektar yer maydoni olib berishini va’da qilgan.
Surxondaryoda ekologiya va kadastr xodimlari qo‘lga olindi
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Angor tumanida savdo do‘konlari yonib ketdi
Yong‘in oqibatida jarohat olganlar kuzatilmagan.
Mobiuz Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 300 dan ortiq yangi 4G LTE tayanch stansiyasini ishga tushirdi
Kompaniyaning Qashqadaryo viloyatidagi abonentlari yil boshiga nisbatan 20,5 foiz, Surxondaryo viloyatidagi abonentlari esa 13,1 foiz ko‘proq internetdan foydalanmoqda.
Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi
Tayinlov Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining jamoat xavfsizligi va kriminogen vaziyatga bag‘ishlangan navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi.
Surxondaryo viloyatining elektr ta’minoti to‘liq tiklandi
Markaziy Osiyo yagona energetika tizimida avariyali holat yuzaga keldi. Natijada O‘zbekiston va qo‘shni davlatlarning elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi.
«Na bilet bor, na sharoit» — Surxondaryo hokimi transport tizimidagi muammolarni tanqid qildi
Hokim Surxondaryoni Toshkent bilan bog‘lovchi M-39 avtomobil yo‘lining holati, poyezd va vagonlardagi sharoit, chiptalar taqchilligi va narxining yuqoriligiga e’tibor qaratdi.

