Angor tumanida savdo do‘konlari yonib ketdi
Angor tumanida do‘konlar yonib ketdi. FVV hodisa tafsilotlarini ochiqladi.
3-sentyabr kuni Surxondaryo viloyati FVBga, Angor tumani,«Yangiturmush» MFY, At-Termiziy ko‘chasida do‘kon yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan 3 ta qutqaruv bo‘linmasi zudlik bilan hodisa joyiga yetib borib, yong‘in o‘rab olingan va o‘chirilgan.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, 2 ta kiyim-kechak savdo do‘konining taxminan 35 kv.m. maydoni yonib zararlangan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter