Surxondaryoda Qizil kitobga kiritilgan hayvonni ovlaganlar ushlandi
Sariosiyoda hayvonot dunyosiga 679,8 mln so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi.
10 yoshli bola o‘limiga sabab bo‘lgan ichki ishlar xodimiga hukm o‘qildi
Xodim avtomobilning tormozi ishlamay qolganini aytgan. Biroq ekspertiza tormoz va rul tizimlari to‘qnashuvgacha soz bo‘lganini, nosozlik esa zarba oqibatida yuzaga kelganini aniqlagan.
Toshkent va Surxondaryoda ichimlik idishlarini yig‘uvchi fandomatlar ishga tushirildi
Foydalanuvchilar topshirilgan har bir idish uchun pul olishi mumkin. Mablag‘ Click to‘lov tizimi orqali foydalanuvchining elektron hamyoniga o‘tkaziladi. Shuningdek, pul olish o‘rniga xayriya yo‘nalishini tanlash imkoni ham mavjud.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik bo‘limi boshlig‘i pora olayotganda ushlandi
U maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birining rahbariga MTMning 42 nafar xodimiga sanitariya sertifikatlarini berishini va’da qilgan.
Savdo-sanoat palatasi mansabdori porani qaytarib berayotganda ushlandi
U fuqaroga dehqon xo‘jaligi tashkil etishi uchun auksion orqali 2 gektar yer maydoni olib berishini va’da qilgan.
Surxondaryoda ekologiya va kadastr xodimlari qo‘lga olindi
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Angor tumanida savdo do‘konlari yonib ketdi
Yong‘in oqibatida jarohat olganlar kuzatilmagan.
Mobiuz Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 300 dan ortiq yangi 4G LTE tayanch stansiyasini ishga tushirdi
Kompaniyaning Qashqadaryo viloyatidagi abonentlari yil boshiga nisbatan 20,5 foiz, Surxondaryo viloyatidagi abonentlari esa 13,1 foiz ko‘proq internetdan foydalanmoqda.
Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi
Tayinlov Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining jamoat xavfsizligi va kriminogen vaziyatga bag‘ishlangan navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi.
Surxondaryo viloyatining elektr ta’minoti to‘liq tiklandi
Markaziy Osiyo yagona energetika tizimida avariyali holat yuzaga keldi. Natijada O‘zbekiston va qo‘shni davlatlarning elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi.
«Na bilet bor, na sharoit» — Surxondaryo hokimi transport tizimidagi muammolarni tanqid qildi
Hokim Surxondaryoni Toshkent bilan bog‘lovchi M-39 avtomobil yo‘lining holati, poyezd va vagonlardagi sharoit, chiptalar taqchilligi va narxining yuqoriligiga e’tibor qaratdi.
Surxondaryoda o‘z qiziga nisbatan shafqatsizlik qilgan ota qo‘lga olindi
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida ota o‘z qiziga nisbatan zo‘ravonlik qilgani aks etgan video tarqalishi ortidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Amudaryo orqali dronda olib o‘tilayotgan narkotik ushlandi
Chegarada dron orqali yirik miqdordagi giyohvandlik vositasini olib o‘tishga urinish aniqlandi. Tezkor tadbir natijasida kontrabandaga chek qo‘yildi.
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi
Uzoq yillar Samarqand viloyati soliq organlarida turli mas’ul lavozimlarda mehnat qilgan.
Jarqo‘rg‘onlik Sasha aka yaratgan o‘rmonzor «Dendrologiya bog‘i»ga aylantiriladi
Ko‘p yillik mehnati, tabiatni asrashga qo‘shgan hissasi hamda ijtimoiy holatini inobatga olib, Fedin uchun dendrologiya bog‘i hududida zarur qulayliklarga ega kichik uy-joy ham barpo qilinadi.
Surxondaryo va Buxoroda ishga joylashtirishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi
Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida ishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi.
Surxondaryoda uch nafar o‘smir daryoga cho‘kib, halok bo‘ldi
Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida daryoga cho‘milish uchun tushgan besh nafar yigitdan uch nafari kuchli oqim qurboni bo‘ldi.
O‘zbekiston hududida bronza davriga oid jarrohlik amaliyoti izlari topildi
Kashfiyot Surxondaryo viloyatida, Afg‘oniston bilan chegaradosh hududda joylashgan Jarqo‘ton arxeologik yodgorligida olib borilgan qazishmalar davomida aniqlangan.
Surxondaryoda mast holda tez yordam mashinasini boshqargan haydovchi jazolandi
Huquqbuzar uch yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinib, jarimaga ham tortildi.
Surxondaryoda tez yordam haydovchisi mast ekani aniqlandi
Sog‘liqni saqlash boshqarmasining mas’ul xodimlariga xabar berilib, tegishli chora-tadbirlar ko‘rilgan.

