OAV: Damashqda raketa hujumi sodir bo‘ldi
Suriya poytaxti Damashqda 14 noyabr kechqurun raketa hujumi sodir bo‘ldi. Al Arabiya ma’lumotiga ko‘ra, raketa shaharning g‘arbiy qismidagi “Mazzeh 86” mahallasidagi uyga kelib tushgan va bir ayol jarohat olgan. Hujum ortidan xavfsizlik kuchlari hududni o‘rab, odamlarni yaqinlashtirmayapti.
Suriya davlat telekanali portlash “noma’lum shaxslar hujumi” natijasi ekanini ma’lum qilgan, rasmiylar esa tergov boshlanganini aytmoqda. SANA agentligi kechgan xabarda raketa mobil qurilmadan uchirilgan bo‘lishi mumkinligi ta’kidlangan.
Oxirgi oylarda Damashqda portlashlar soni kamaygan bo‘lsa-da, to‘liq to‘xtamagan. 2024 yil dekabrida Bashar Asad hukumati ag‘darilganidan beri poytaxt bir necha bor hujumlarga duch kelgan, shuningdek, Isroilning mamlakat bo‘ylab o‘tkazgan aviazarbalari soni ham ortgani xabar qilinmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter