Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Dollarchilar»ga qarshi «ov» davom etmoqda

«Dollarchilar»ga qarshi «ov» davom etmoqda

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning To‘rtko‘l tuman bo‘limi tomonidan  tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, To‘rtko‘l savdo kompleksi oldida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqaro X.K. boshqa bir fuqaro Yu.ga 2 900 AQSh dollarini 32,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Oldinroq, Respublikamizning uch hududida valyutafurushlar ushlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring