Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX qurolli shaxsni qo‘lga oldi

DXX qurolli shaxsni qo‘lga oldi

Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Jomboy tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda Toshkent shahrida yashovchi, 1977 y.t., muqaddam Jinoyat Kodeksining 251-1 va 246-moddalari bilan sudlangan shaxs xaridorga 1 dona «Makarov» pistoleti va uning 96 dona o‘q-dorisini 10 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Shuningdek, uning yashash xonadonida o‘tkazilgan tintuv harakatlari davomida, foydalanishga yaroqli deb topilgan, kalibri 5,6 mm bo‘lgan eski rusumdagi «Monte Kristo» to‘pponchasi, turli xil gilzalar, ov miltig‘i qismlari, o‘tkir tig‘li jismlar hamda boshqa ashyoviy dalillar protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 248-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring