Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX Sirdaryo soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarini qo‘lga oldi

DXX Sirdaryo soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarini qo‘lga oldi

Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari mahalliy MChJ vakilidan muqaddam pora sifatida olgan 14.500 AQSh dollaridan 5 ming AQSh dollarini qaytarib berayotgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, 2021-yilda prokuratura organlari tomonidan mazkur mas’uliyati cheklangan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida MChJning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha soliq idoralari hujjatli taftish o‘tkazgan.

O‘sha davrda viloyat Davlat soliq boshqarmasida bosh inspektor bo‘lib ishlagan mazkur mansabdor shaxs aniqlangan 900 mln. so‘mga yaqin moliyaviy xato va kamchiliklar bo‘yicha belgilanishi lozim bo‘lgan 300 mln. so‘mlik jarima miqdorini 72 mln. so‘mga kamaytirib berish evaziga 14.500 AQSh dollari miqdorida pora olgan.

Hozirda unga nisbatan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Farg‘ona viloyatidagi tumanlardan birining Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i esa 1998 yilda tug‘ilgan fuqaroni viloyatdagi harbiy qismlardan birining orkestriga tanishlari orqali ishga kiritib qo‘yish evaziga 2 ming AQSh dollari olgan vaqtida DXX va IJQK Departamentining hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirda mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring