DXX Toshkent viloyatidagi yirik o‘g‘irliklar haqida xabar berdi
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Ichki ishlar vazirligi va «O‘zenergoinspeksiya»ning hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda bir nechta tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
Xususan, Yangiyo‘l shahrida yashovchi, 1993-y.t. I.N. 10 dona «Antminer L3++» rusumli mayning qurilmalarini o‘zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab, mayning faoliyati bilan shug‘ullanishi natijasida, davlat manfaatlariga 1 mlrd. 19 mln. 400 ming so‘m miqdorida zarar yetkazgan.
Qibray tumanida istiqomat qiluvchi, 1998-y.t. R.J.ning xonadoni ko‘zdan kechirilganda, u hech qanday ruxsatnomasiz mayning faoliyati bilan shug‘ullanib, 685 mln. 939 ming. so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilganligi aniqlandi va undan 2 ta to‘plamda bo‘lgan mayning qurilmalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
Qibray tumanida kuzatilgan yana bir holatda, 1982-y.t. M.S. o‘zining yashash manzilida kriptovalyuta ishlab chiqarish faoliyati bilan qonunga xilof ravishda shug‘ullanib, 3 ta to‘plamda bo‘lgan mayning qurilmalaridan foydalanishi natijasida, elektr energiyasi bo‘yicha davlat manfaatlariga 579 mln. 474 ming so‘m miqdorida zarar yetkazgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter