«Equinox»ni pachoqlagan haydovchi 54 mln so‘mga tushdi
Chirchiq shahrida o‘zining «Tpacker 2» avtomobilida ehtiyotsizligi sabab «Equinox» bilan to‘qnashgan haydovchi qimmatga tushdi.
MIBning Chirchiq shahar bo‘limi ish yurituviga jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudining qarzdor B.Ermatovdan, undiruvchi Sh.Botirovaning foydasiga «Equinox» avtotransport vositasiga ma’muriy huquqbuzarlik natijasida yetkazilgan, jami 54.340.565 so‘m moddiy zarar pullarini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjati bo‘yicha bo‘lim davlat ijrochisi olib borgan majburiy ijro harakatlari natijasida joriy yilning 25 yanvar kuni qarzdordan zarar pullari to‘liq undirilgan va tilxat asosida undiruvchiga topshirilib, ijro hujjati yopilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter