Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yerga tahdid solayotgan Apofis astroidida xavfli o‘zgarish aniqlandi

Yerga tahdid solayotgan Apofis astroidida xavfli o‘zgarish aniqlandi

Gavayi universitetining Astronomiya instituti olimlari guruhi 2068-yilda Yer bilan to‘qnashishi ehtimoli bo‘lgan Apofis asteroidi harakatidagi o‘zgarishlarni aniqladi.

Asteroidni kuzatish jarayonida tadqiqotchilar sirtdan termal nurlanish tufayli kunduzi isib, kechasi sovishi natijasida o‘z orbitasidan yiliga 170 metrga burilishini aniqladilar.

Ushbu holat aniqlanishidan oldin olimlar 2068-yilda yer bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan to‘qnashuv ehtimolini past baholashayotgan edi, ammo endi tadqiqotchilar asteroid Yer bilan to‘qnashishi va bu halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin deb hisoblashmoqda. Aniqroq ma’lumotlarni olish uchun qo‘shimcha kuzatuvlar o‘tkazilishi kerak bo‘ladi.

325 metr o‘lchamdagi Apofis asteroidi 2004-yilda aniqlangan.

Avvalroq NASA Yer va ulkan asteroid to‘qnashishi ehtimolda tutilgan sanalarni e’lon qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring